"Manchester Yunayted"da YCHLga chiqish uchun bitta yo'l qoldi...

Narzulla Saydullayev
14 may 2017, 23:20
Bugun APL 37-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo'li bo'tdi.

Unda Joze Mourinyo boshchiligidagi MYU 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Shu tariqa, chempionat tugashiga 2 tur qolganida "qizil iblislar" 4-o'ringa chiqib olish imkoniyatini butkul yo'qotishdi.

Angliya chempionati. Musobaqa jadvali

Ammo "Manchester Yunayted" baribir YCHLga yo'llanma olishi mumkin. Buning uchun bitta o'yinda g'olib chiqilsa bas. Bu o'yin 24 may kuni Yevropa ligasi finali doirasida "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor. Yevropa ligasi g'olibi keyingi mavsum Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia