

Klub Xitoyda 8 kun mobaynida bo'ladi va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. MYUning raqiblari nomi keyinroq ma'lum qilinadi.
Manchester Yunayted Xitoy bilan tarixiy aloqalarga ega, bu mamlakatda ko'plab muxlislarimiz borligidan xursandmiz.
Xitoydagi undan oldingi o'yinlarimizga 500 mingdan ortiq muxlislar kelishgandi. Shu bois jamoamizdagi barcha yoz kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda, - deydi klub ijrochi direktori Ed Vudvord.



