"Manchester Yunayted" "Real" yulduzlarini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2017
"Real" himoyachisi Rafael Varan va hujumchi Alvaro Morata "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Fransiyalik himoyachi MYU ustozi Joze Mourinyoning birinchi raqamli transfer maqsadi hisoblanadi. Ular "Real"da birga ishlashgan. Madridliklar ham "Yunayted" posboni David de Xeaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, shu sababli Varan kelishuvning bir qismiga aylanishi mumkin.

Mankunianlar hujumchi Alvaro Moratani ham o'z safida ko'rmoqchi. Mourinyoning fikricha, Morata jarohat olgan Zlatan Ibragimovichning o'rnini to'ldira oladi.

Oldinroq "Milan" Morataga yillik maoshi 8 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports