

Ma'lumotlarga ko'ra, Rakitichga qiziqayotgan klublar orasida "Manchester Yunayted" ajralib turibdi. "Qizil iblislar" futbolchi va Kataloniya klubi rahbariyati o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni diqqat bilan kuzatmoqda.
30 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan kelishuvi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, "Inter" Rakitich uchun asosiy da'vogar ekanligi va Italiya klubi xorvatiyalik uchun 40 mln. evro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.



