"Manchester Yunayted" Oblakka qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
1 apr 2023, 17:38
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli sloveniyalik futbolchini "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda, chunki David de Xea hali klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bermagan.

Oblak joriy mavsum 34 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yubordi va 15 ta o'yinda darvozani "quruq" saqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo