"Manchester Yunayted" muxlislari uchun yaxshi xabar

Tolibjon Qosimov
18 okt 2017, 12:08
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo mankunianliklarning rasmiy telekanaliga bergan intervyusida himoyachi Markos Roxo nima uchun jamoa bilan YCHL doirasida Lissabonga uchganini aytib o'tdi.

"Markos bu erga o'ynash uchun emas, jamoa bilan mashg'ulot o'tkazish uchun keldi. Hozircha, u umumiy guruh mashg'ulotlari bilan ketma-ketlikda individual mashqlarni ham bajarmoqda. Lekin, u maydonga qaytishga tayyorlanmoqda. Aytishim mumkin, u taxminan 2 haftadan keyin maydonga tushishga va o'ynashga tayyor bo'ladi", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net