

Ingliz klubi shartnomasi yakunlanganidan keyin braziliyalikning jamoadan ketishini ma'lum qildi. Oldinroq yarim himoyachi ushbu mavsumda 35 o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushsa, shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishi ma'lum qilingandi.
33 yoshli Kazemiro 2022 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Shu davrdan buyon u jamoa tarkibida 146 o'yinda qatnashib, 21 gol urdi.



