"Manchester Yunayted" Kazemiroga La Ligadan o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026, 16:48
"Manchester Yunayted" yarim himoya markazida tajribali Kazemironing uzoq muddatli vorisi bo'la oladigan o'yinchini faol izlamoqda.

"Foot Mercato" ma'lumotlariga qaraganda, mankunianlarning asosiy transfer maqsadi - "Vilyarreal"ning 27 yoshli yarim himoyachisi Papa Guye. "Qizil iblislar" murabbiylar shtabi senegallik futbolchini jamoaning tayanch yarim himoyachisi poziciyasi uchun ideal nomzod deb ko'rmoqda.

Xabar qilinishicha, Guyening bozor qiymati so'nggi Afrika Millatlari Kubogidagi ajoyib o'yinidan keyin sezilarli oshgan, u yerda Papa Senegal terma jamoasining haqiqiy qahramoniga aylangan. Uning tayanch hududdagi ishonchli o'yini va jismoniy ko'rsatkichlari Yevropaning yetakchi klublari e'tiborini tortgan, ammo hozircha eng katta qatiyatni aynan "Manchester Yunayted" ko'rsatyapti.

Biroq transfer oson bo'lmasligi mumkin, chunki futbolchining "Vilyarreal" bilan bitimi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Ispaniya klubi yarim himoyadagi yetakchisini arzon narxga qo'yib yubormoqchi emas, ayniqsa, Guyega da'vogarlar ro'yxati ortib borayotgan bir paytda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato