"Manchester Yunayted" De Xea ketsa, ter Shtegenni transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
3 mar 2018
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Don Balon nashri xabariga ko'ra, mersisaydliklar germaniyalik posbonni "Real"ga kyetishi mumkin bo'lgan David De Xeaning o'rniga potencial variant sifatida ko'rmoqda va 25 yoshli futbolchi uchun 100 mln evro sarflamoqchi.
Ter Shtegenning ayni damdagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Bu mavsumda u 38 o'yinning 19tasida gol o'tkazib yubormadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon