

"Manchester Yunayted" murabbiyi Joze Mourinyo:
"Chempionlar ligasiga qaytish - odatiy hayotga qaytishdir. Jamoani qo'llab-quvvatlash juda muhim, chempionlar ligasida qatnashishni o'zi bu etarlicha yuqori istak. Musobaqada boshqa jamoalardan bir bosh ustun to'rtta yoki beshta jamoa bor, qolgan jamoalar esa o'tgan mavsumda Yevropa ligasida biz bilan o'ynagan jamoalardan kuchli emas. Maqsadimiz 1/8 finalga chiqib o'z kuchimizni qitaning eng kuchli klublari bilan o'yinlarda sinab ko'rish.

"Bazel" murabbiyi Rafael Viki:
"Manchester Yunayted" har bir chiziqda kuchli. Bir qancha transferlar ularni yanada kuchli qildi. Meni fikrimcha, MYU bizning oddiy bo'lmagan guruhdagi eng kuchli jamoa. Bu men uchun professional jamoadagi birinchi tajriba va Chempionlar ligasida qatnashish - men uchun katta sharaf".




