"Manchester Siti"ning ikki muhim futbolchisi bugun maydonga tushmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2023, 13:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugungi bahsda asosiy tarkibning ikki a'zosi qatnasha olmasligini ma'lum qildi.

O'yindan avvalgi matbuot anjumanida "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvni shamollash tufayli Kevin De Bryuyne va Emerik Lyaport o'tkazib yuborishga majburligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, bugun tunda YCHL 1/8 final dastlabki bahsida Germaniyaning "Leyptsig" klubi o'z uyida Angliyaning "Manchester Siti" jamoasini qabul qiladi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal