"Manchester Siti" yana bir tarixiy natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 11:55
Kecha "Manchester Siti" Angliya Kubogi finalida "Uotford"ni 6:0 hisobida tor-mor etdi.

Shu orqali "Manchester Siti" bir mavsumda 50ta g'alabani qo'lga kiritgan Angliyaning yuqori divizionidagi ilk jamoaga aylandi. "Siti" o'tgan yilgi natijasini 6ta g'alabaga yaxshiladi.

Yakunlangan mavsumda "shaharliklar" APL, Angliya Kubogi va Angliya Liga kubogini qo'lga kiritgan holda inglizga trebl qayd etgan yagona jamoaga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA