"Manchester Siti" to'xtamaydi: "Shaharliklar" 50 mln. funtlik transfer borasida kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018, 16:11
Doneckning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Fred faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Braziliyalikka "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" va Ukraina klubi ushbu transfer borasida kelishib olishgan. Fred yozda 50 mln. funt evaziga Xosep Gvardiola jamoasiga o'tadi.

24 yoshli braziliyalik joriy mavsum Ukraina chempionatining 16ta uchrashuvida maydonga tushib 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror