"Manchester Siti" Obameyyang uchun 70 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017, 11:18
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi Gabon terma jamoasi futbolchisi uchun 70 mln. evro to'lashga tayyor.

So'nggi mavsum davomida OAVda Obameyyangning nemis klubidagi taqdiri haqida ko'p yozishdi. Uning o'zi klubni tark etish haqida bir necha marotaba intervyu berdi, ammo bir necha kun oldin dortmundliklar sport direktori Mixael Cork Obameyyangning joriy yozda boshqa klubga o'tmasligini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky