APL. "Manchester Siti" "Liverpul"ni yirik hisobda taslim etdi, Husanov esa...

Alisher Ostonov
9 noya 2025
APL 11-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Liverpul" o'yini bo'lib o'tdi.

"Shaharliklar ushbu o'yinda yirik g'alabaga erishishdi. Erling Xoland dastlab 13-daqiqada penaltidan gol ura olmadi. So'ngra, 29-daqiqada o'z xatosini to'g'irlab, boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shuningdek Niko Gonsales (45+3 daqiqa) va Jeremi Doku (63) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmadi.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia