

O'z navbatida shaharliklar a'zosi Danilo Turin klubi safiga borib qo'shiladi. Jamoalar o'zaro futbolchi almashishni kelishib olishgan.
Manbaga ko'ra, manchesterliklar Kanselu uchun keksa senioraga yana qo'shimcha 28 mln. evro o'tkazib beradi.
Kanselu o'tgan yili Valensiyadan 40,4 mln. evro evaziga Italiyaga ko'chib o'tgandi. Portugaliyalik o'yinchi ortda qolgan mavsumda 34 bahsda qatnashib, 1+5 ko'rsatkichga erishdi,
Danilo esa 2017 yili Realdan 30 mln. evro evaziga Sitiga transfer qilingandi. Braziliyalik himoyachi yakunlangan mavsum 22 o'yinda qatnashgan holda 1+1 natijani qayd etdi.



