"Manchester Siti" AQSHda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Alisher
26 apr 2022, 13:44
"Manchester Siti"ning yozgi mavsumlar oralig'i uchun ayrim rejalari ma'lum bo'ldi.

Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra, Xosep Gvardiola shogirdlari kelasi mavsum uchun tayyorgarlik doirasida AQSHda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bu jamoaning xalqaro maydondagi so'nggi ikki yildagi ilk o'rtoqlik bahslari bo'ladi.

Ilk raqibga qarshi 20 iyulda o'yin o'tkaziladi. Bu Meksikaning 13 karra chempioni "Amerika" bo'ladi. Ikkinchi bahs haqida keyinroq ma'lum qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com