

Germaniyaga qarshi chorak final o'yinida Toni Kroos ishlatgan qo'pollikdan keyin jarohat olgan Pedri uchun Yevropa chempionati yakunlandi. Bu haqda As xabar berdi. Birinchi tekshiruvlardan keyin futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqqan.
Chuqurlashtirilgan tekshiruvlar keyinroq o'tkaziladi, ammo shifokorlarning aytishiga, Pedri uchun Yevropa chempionati muddatidan oldin yakunlandi.
Ma'lumot uchun, Pedri "Evro"da to'rtta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli pas berdi.




