Man Sitining 28 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga Ukraina klubi barham berdi
Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 10:39
Manchester Siti YCHL 6-turida Shaxterga yutqazib qo'ydi (1:2).
Doneck klubi Sitining 28ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. Gvardiola shogirdlari so'nggi bor 23 aprelda Angliya kubogi yarim finalida Arsenalga yutqazgan edi (1:2).