"Man Siti" va PSJ Tiago uchun kurashadi

Alisher
13 avg 2020
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara "Manchester Siti" va PSJ qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Klub vakillari xavbekning atrofidagi vaziyatni kuzatishmoqda va ispaniyalik futbolchi bilan yozda shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

Tiagoning narxi 30 million evroga baholanmoqda. Myunxen klubidan kyetishni xohlayotgan futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

29 yoshli o'yinchi joriy mavsum "qizillar" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10sport