"Man Siti" Koshtani 40 million evroga imzolashga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
23 apr 2025, 22:00
"Manchester Siti" Diogu Koshtaning transferi ustida ishlamoqda.

Jurnalist Santi Auna ma'lumotiga ko'ra, "Portu" darvozaboni allaqachon APL klubiga o'tishga rozilik bergan.  

"Shaharliklar" Koshtani taxminan 40 million evroga imzolashga umid qilmoqda. Shu bilan birga, golkiperning agenti Jorje Mendesh tovon puli summasidan – hozirda 60 million evro – pastrok narxda transfer bo'yicha kelishib olishga urinmoqda.  

Bundan avval Koshtaga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: City Xtra