Rejaga ko'ra, ushbu o'yinlarning birida terma jamoada ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan uch nafar futbolchi o'zlarining xayrlashuv uchrashuvlarini o'tkazishadi.
Gap Ulug'bek Baqoev, Viktor Karpenko hamda ko'p yillar davomida terma jamoa yetakchisi va sardori sifatida faoliyat yuritgan Maksim Shackix haqida bormoqda. Bu borada Mirjalol Qosimov bilan bog'langanimizda ham,terma jamoamiz ustozi ma'lumotni rasman tasdiqladi.
Shundan so'ng, biz ayni mavzu yuzasidan ayni paytda Ukrainaning Goverla klubida to'p tepayotgan hamyurtimiz Maksim Shackix bilan bog'landik. Biz bilan suhbatda Super Maks unga taklif bo'lganini va Toshkentga kelishga tayyorgarlik ko'rayotganini ma'lum qildi.
Ha, bu mavzuda kecha Mirjalol bilan telefonda gaplashdik. Taklifni eshitish juda yoqimli bo'ldi. Hozir Vatanga borish taraddudini ko'ryapmiz. Oila a'zolarimning ham Toshkentga borishmaganiga ancha bo'lgandi. Bu kunni orziqib kutyapman. Fursatdan foydalanib, milliy terma jamoada xayrlashuv uchrashuvi tashkil etib berayotgani uchun O'FF rahbariyati va shaxsan Mirjalol Qo'shoqovichga minnatdorchilik izhor qilaman. Tez kunda Toshkentda ko'rishguncha!, - dedi Shackix.
Demak, terma jamoamiz safida 34 ta gol urib, hozircha rekordchi bo'lib turgan Maksim Shackix munosib ravishda o'zbek futbol muxlislari bilan xayrlashadi.
Kamoliddin ALIMOV