Lyakazett - APLdagi eng foydali hujumchi

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
"Arsenal" futbolchisi Aleksandr Lyakazett APLdagi eng foydali hujumchi bo'lib turibdi.

APL rasmiy tvitteri xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi bu mavsumda kiritgan gollarining 8tasi g'alaba uchun xizmat qildi.

Bu mavsumda Lyakazett APL doirasida 11 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. U 2017 yilda "Arsenal"ga ko'chib o'tgandi. Uning transfer summasi 65 million evroni tashkil qiladi.

26 turdan keyin "kanonirlar" APLning 5-pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague