Lukaku: Maqsadim Ronaldu darajasiga yetish

Omonjon To`xtamirzayev
25 iyul 2017, 11:24
Manchester Yunayted hujumchisi Romelu Lukaku mashg'ulotlarga munosabati haqida fikr bildirdi.

Ronaldu? Men hali uning darajasiga etganim yo'q, ammo aynan shu maqsadda tinmay shug'ullanyapman. Endi 24 yoshga to'ldim va hali o'rganadigan narsalarim juda ko'p deb hisoblayman. Eng yaxshi o'yinlarim hali oldinda deb umid qilaman. 

Maqsadimga yetish uchun ulkan ishni amalga oshirishim, o'z ustimda tinmay mehnat qilishim zarur. Va bu fikr menga huzur bag'ishlamoqda. Men kechagidan yaxshiroq bo'lishim mumkin va aynan shu narsa meni ruhlantiraveradi. 

Hech qachon o'zimni juda kuchli futbolchi bo'ldim va buyog'iga mashg'ulot qilmasam ham bo'laveradi deb hisoblamayman. Aksincha, har qanday futbolchi, qanchalik kuchli bo'lmasin, mehnat qilsa yanada o'yinini kuchaytirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Manchester shahri derbisida gol urishga muvaffaq bo'lgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru