Lukaku Yevropa Ligasida rekord o'rnatdi

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa ligasi ¼ finalida “Bayer”ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Shu tariqa belgiyalik hujumchi ushbu turnirda qatorasiga 9 ta uchrashuvda gol urishning uddasidan chiqdi (“Inter” safida 4 uchrashuvda 4 ta gol, 2014/2015 yilgi mavsumda “Everton” safida 5 ta uchrashuvda 5 ta gol). Bu turnir rekordi hisoblanadi.

Shuningdek, hujumchi “Inter” safida Evrokuboklarda so'nggi oltita bellashuvda maydonni golsiz tark etmayapti. “Neradzurilar” safida hali   hech bir hujumchi bundan natijani qayd etmagan.


Manba: Gracenote Live