Lukaku "Chelsi"ni tark etish haqida o'ylamayapti. Futbolchi klub bilan muvaffaqiyatlarga erishmoqchi (The Guardian)

Narzulla Saydullayev
24 fev 2022, 22:39
Romelu yozda "Chelsi"ni tark etish niyatda emas.

"Chelsi" klubi hujumchisi Romelu Lukaku mavsum so'ngida klubni tark etmasligi mumkin. The Guardian nashrining yozishicha, futbolchi klubda qolib, muvaffaqiyatlarga erishmoqchi. Tomas Tuxel Lukakuni YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushirmagandi. Ammo bu futbolchining rejalariga ta’sir o'tkazmagan. 

Lukaku 27 fevral kuni Liga Kubogi finalida "Liverpul"ga qarshi maydonga tushishga umid qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bugun Romelu Lukaku "Inter"ga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi ekanligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Guardian