Lukaku A Seriya va APLni taqqosladi

Alisher
28 yanv 2020, 11:30
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Italiya A Seriyasi va Angliya Premer-ligasini taqqosladi.

"Bu yerda hammasi boshqacha. Italiyadagi himoyachilar Evrodagi eng zo'rlari. Ular taktik taraflama tayyorlar. Bu yerdagi mashg'ulotlar ham boshqacha.

Dastlabki ikki oy juda qiyin kechdi, ammo men har doim kelajak haqida, nima bo'lishi mumkinligi haqida o'ylaganman. Men yoshman va rivojlanishim uchun ko'proq ishlashni xohlayman.

Angliyadagi ko'plab o'yinlar bir xil, bu yerda esa har o'yinda turli vazifalar. Italiyada o'yin davomida bitta vaziyatga ega bo'lsangiz g'alaba qozona olmaysiz", - deydi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tiki Taka