Luka Modrich: "Bizda guruhdagi eng kuchli jamoa shakllangan"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2021
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022 saralashida Rossiya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Ushbu o'yin boshidanoq qattiq yomg'ir yog'di. Biz oxirgacha taslim bo'lmadik, sabr-toqat ila haqli ravishda g'alaba qozondik. Bizda guruhdagi eng kuchli jamoa shakllangan", – dedi Modrich.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya saralash guruhida birinchi o'rinni egalladi va JCH-2022'ga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com