Luis Suares - hakamga: "Valensiya" futbolchilari vaqtni cho'zishyapti, siz esa ularga hamma narsaga imkon beryapsiz"
Aslanov Jasurbek
18 apr 2016, 14:47
"Barselona" - "Valensiya" uchrashuvida ishlagan hakam David Fernandes Barbalan Kataloniya klubi hujumchisi Luis Suaresga sariq kartochka ko'rsatgani sabablari ma'lum bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Suares referini quyidagi so'zlar bilan tanqid qilgan:
"Valensiya" futbolchilari vaqtni cho'zishyapti, siz esa ularga hamma narsaga imkon beryapsiz". Bundan so'ng urugvaylikka sariq kartochka ko'rsatildi.