Luis Suares: "Barselona" futbolchilari Luis Enrikening qarorini muammosiz qabul qilishdi"

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017, 10:33
"Barselona" hujumchisi Luis Suares u va uning jamoadoshlari jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening mavsum oxirida klubni tark etishi haqidagi qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirib berdi.

"Aslida biz biroz hayratlandik, chunki bu so'zlarni kutmagan edik. Ammo "Barselona" futbolchilari Luis Enrikening qarorini muammosiz qabul qilishdi. Qarorni hurmat qilish lozim. Sodir bo'lganlarni hisobga olsak, hammasi tushunarli. Murabbiyning ishi juda og'ir. U oilaviy hayotdan ham rohatlanishi kerak, chunki u ota" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero