

Urugvaylik hujumchi Luis Suaresning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi. Suares hozirgacha "Atletiko"dan yangi bitim bo'yicha biror taklif olmagan. Futbolchi esa faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida. Marca nashrining xabar qilishicha, Suaresga Amstyerdamning "Ayaks" klubidan taklif mavjud. Bundan tashqari, hujumchiga "Inter" va bir necha Braziliya klublari qiziqishmoqda.



