Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytiradi

Alisher
25 mar 2022, 15:57
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrikega ishonishda davom etadi.

Federatsiya rahbariyati Enrikega shubha bilan qaramayapti va 2022 yilgi JCHdan so'ng unga o'rinbosar izlashni rejalashtirmayapti.

Qayd etish kerakki, murabbiyning o'zi ham terma jamoadagi ishidan mamnun va shartnomani 2024 yilgi Yevropa chempionati so'nggiga qadar uzaytirishni xohlamoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, 51 yoshli ispaniyalik mutaxassisga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport