Lui van Gaal: "O'ylab qo'ygan rejamni amalga oshirdik"

30 iyun 2014, 02:24
Golandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal Meksika bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz o'yinni qutqardik. ikkinchi taymda ko'plab vaziyatlarni yarata olishimizni isbotladik.
Hakam suv ichib olish uchun "taym-ayt" e'lon qilganida, avvaldan o'ylab qo'ygan "B" rejasini amalga oshira olishimizni sezgandim. Bizning jamoamizning jangovor ruhiyati juda yuqori. Keyingi raqibimiz kim bo'lishidan qatiy nazar, bizga qiyin bo'lishi aniq. Kosta-Rika ham, Gretsiya ham kuchli raqiblar.

Manba: sports.ru