

- Ertaga biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz talab etiladi. "Chelsi"ga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi tayin. Ularni mag'lub etish esa ancha qiyin ish. Oxirgi ikki yil ichida bu jamoa bilan to'qnash kelyapmiz. Birinchisida ular bizni musobaqadan chiqarib yuborishgandi, o'tgan yili esa aksincha. Bu natijalar jamoalar saviyasi bir darajada ekanligidan dalolat. Pley-off o'yinlarida g'alaba qozonish uchun sifatli o'yin namoyish etish lozim. Yevropa chempionlar ligasining ushbu bosqichida eng qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tadi. Murabbiylar, jamoalar va futbolchilar uchun ham eng muhim bahslar endi boshlanmoqda. Bu biz va barcha muxlislar uchun juda qiziq. Men "Chelsi"ga qarshi uchrashuvga barcha futbolchilarimni maydonga tushira olaman va ularga ishonaman. Futbolchilarimning bor e'tiborlari ushbu to'qnashuvga qaratilgan.



