

Hozir jamoa futbolchilari tatilda va 21 dekabrdan boshlab mashg'ulotlarga kirishishadi. Dastlabki yig'in Toshkentda bo'lib o'tadi. Yangi yildan keyin esa temiryo'lchilar Dubayga yo'l olib, o'sha yerda mashg'ulot olib borishadi.
Dubaydagi yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan. Shulardan biri Rossiyaning Zenit klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Bu o'yin 20 yanvarga mo'ljallangan. 16 yanvardagi raqibimiz esa yaqin orada ma'lum bo'ladi.



