

Mazkur bahsda "temiryo'lchilar" tezkor gol urganiga qaramasdan, ustunlikni saqlab qola olmadi. 2-daqiqada Jumaevning goliga 5 daqiqa o'tgach, raqib jamoa javob qaytardi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa ruminiyaliklar penaltidan unumli foydalani, g'alabani "ilib kyetishdi".
"Lokomotiv" 1:2 "Chiksereda"
Gollar: Maruf Jumaev (2) - Mikael Panosh (7), Lorant Kovash (90+1)
"Lokomotiv": 13.Rustam Nortojiev, 15.Mahdi Abduraimov, 20.Jaloliddin Jumaboev, 77.Islom Qobilov, 23.Oleg Zoteev, 24.Sherzod Komilov, 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 17.Sanjar Qodirqulov, 98.Maruf Jumaev, 7.Rustam Soirov, 11.Sime Zuzul
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 91. Zafar Safaev, 10. Manuchehr Safarov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 44. Samuel Opeh, 27. Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 5. Javohir Abdualimov, 37. Marat Bikmaev, 34. Anvarjon Alijonov, 18. Ali Abdurahmonov



