"Lokomotiv" Ruminiya klubiga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2023, 20:04
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi Ruminiyaning "Chiksereda" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Mazkur bahsda "temiryo'lchilar" tezkor gol urganiga qaramasdan, ustunlikni saqlab qola olmadi. 2-daqiqada Jumaevning goliga 5 daqiqa o'tgach, raqib jamoa javob qaytardi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa ruminiyaliklar penaltidan unumli foydalani, g'alabani "ilib ketishdi".


"Lokomotiv" 1:2 "Chiksereda"

Gollar: Maruf Jumaev (2) - Mikael Panosh (7), Lorant Kovash (90+1)

"Lokomotiv": 13.Rustam Nortojiev, 15.Mahdi Abduraimov, 20.Jaloliddin Jumaboev, 77.Islom Qobilov, 23.Oleg Zoteev, 24.Sherzod Komilov, 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 17.Sanjar Qodirqulov, 98.Maruf Jumaev, 7.Rustam Soirov, 11.Sime Zuzul

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 91. Zafar Safaev, 10. Manuchehr Safarov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 44. Samuel Opeh, 27. Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 5. Javohir Abdualimov, 37. Marat Bikmaev, 34. Anvarjon Alijonov, 18. Ali Abdurahmonov

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Локомотив" ФК матбуот хизмати