"Lokomotiv" o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazdi (FOTO)

23 avg 2016, 01:43
23 avgust kuni "Lokomotiv"ni muhim o'yin kutmoqda. "Temiryo'lchilar" Osiyo chempionlar ligasi chorak final doirasida "Al Ayn"ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'tkazishadi.


Bugun jamoa a'zolari o'yin bo'lib o'tadigan "Hazza Bin Zayed" stadionida o'yinoldi mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotda jamoa bilan Al Aynga tashrif buyurgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" - "Lokomotiv" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent bilan 20:30)da start oladi. Nasib qilsa, Toshkentga ijobiy natija bilan qaytamiz degan umiddamiz.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Локомотив" клубининг телеграмдаги расмий канали