Lokomotiv matbuot xizmati volonterlarni Lokomotiv - Nasaf uchrashuviga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2014, 11:36
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatiga kuni kecha start berildi.
Lokomotiv birinchi uchrashuvni safarda ("Navbahor", 1:0) o'tkazdi. 24 mart kuni endi “temiryo'lchilar” o'z maydonlarida qarshining Nasaf klubini qabul qiladi. Shu kuni yangi mavsumning 2 tur o'yini Lokomotiv stadionida o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuv oldidan Lokomotiv matbuot xizmati ko'ngilli, keyinchalik futbol sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirgan yoshlarimizni ushbu uchrashuvga taklif qiladi.

Volonter etib taklif qilingan yigit yoki qiz uchrashuvga tayyorgarlik paytidan boshlab stadion kirish nazorati, matbuot xizmatiga kirish, matbuot markazi, stadion hududi, tablo boshqaruvchilar, suxandon xonalarida olib borilayotgan ish jarayonini jonli ravishda kuzatib borishlari mumkin. Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal. Shu sabab siz bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmaysiz va millionlar o'yinining yana bir muxlisiga aylanasiz degan umiddamiz.

O'zingiz haqingizda bizga lokomotiv-uzb@mail.ru elektron qutisiga yoki Mamadaliev Mamurga +998935454546 telefon raqami orqali xabar bering. Biz o'z tajribamiz, bilimimizni siz bilan o'rtoqlashishdan mamnunmiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz