

Shu tariqa, milliy chempionatimiz birinchi davrasi doirasidagi barcha uchrashuvlarini ham o'tkazib ulgurgan jamoamiz vakillariga bugundan qisqa tatil e'lon qilindi. Unga ko'ra, “temiryo'lchilar” 5 kunlik tatilga chiqishdi. 10 iyul sanasida “Lokomotiv” futbolchilari yana klub qarorgohida to'planishadi va jamoa xorij yig'inini o'tkazish uchun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga yo'l oladi.
Xorij yig'ini davomida qaysi jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi xususida keyinroq yana ma'lumot beramiz.




