

21 avgust kuni "Krilya Sovetov" bilan bo'lgan bahsning 87-daqiqasida Vitaliy Denisovning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushgan. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Loko" bosh murabbiyi Oleg Pashinin o'zbekistonlik futbolchi haqida o'z fikrlarini bildirdi: "Umid qilamizki, uning jarohati jiddiy emas. Vitaliyning mushaklarida muammolar paydo bo'ldi va uning o'zi almashtirishimizni so'radi".
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan Denisovni Burkina-Faso bilan o'yinga chaqirmagan. Biroq 1 sentyabr kungi Suriya bilan uchrashuvga himoyachi chaqiruv olishi deyarli aniq.



