"Chelsi" futbolchisi Loik Remining fikricha, jamoada diskvalifikaciya qilingan Diego Kostaning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor.
"Chelsi"da Diego Kostaning o'rni bilinadi. U jamoa uchun muhim futbolchi hisoblanadi. Uni uchta o'yinga yo'qotganimizdan barcha afsusda. Ishonamanki, uning o'rnini bosa olaman. O'yinga tushganimda hech qanday bosimni sezmayman", - deydi futbolchi.