LLF SUPER LIGAda 5-tur yakunlandi. VOSTOK - peshqadam!

Xayrulla Xoliqov
1 noya 2022, 23:48
Havaskor futzalchilar o'rtasida bo'lib o'tayotgan LLF SUPER LIGA musobaqasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Dastlab 5-tur natijalarini keltirib o'tsak: 

30 oktyabr, yakshanba

GOVORYASHIE RUKAMI - ASKLEPIY GROUP 11:1

SUZANE - UZPSB 4:5

PHOENIX - UZPOST 11:5

DHL - VOSTOK 3:5

TTG - TTG-2 8:0

ISTIQLOL - ARGIN 7:5


Ushbu musobaqada 12ta jamoa ishtirok etmoqda va tur o'yinlari haftaning har yakshanba kuni o'tkazilyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan e'tiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish. 


Dastlabki 5ta turdan so'ng turnir jadvalida VOSTOK jamoasi 5 g'alaba bilan 15 ochko to'plab peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rinda borayotgan UZPSB hisobida ham 15 ochko bor, faqat to'plar nisbatiga ko'ra, ular VOSTOKdan orqada. ISTIQLOL esa 10 ochko to'plagan holda 3-o'rinni egallab turibdi. 


To'purarlik uchun kurashda GOVORYASHIE RUKAMI jamoasining 7-raqamli hujumchisi Diyor Murotov 10ta gol bilan peshqadam. Ikkinchi o'rindagi Azamat Boymatov (VOSTOK) hisobida 9ta, 3-o'rinda borayotgan G'ayrat Ismoilov (UZPSB) hisobida esa 8ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia