
Malumotlarga ko'ra, 27 yoshli darvozabon va klub o'rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va unga hozirgacha shartnomani uzaytirish haqida taklif tushmagan. Xartning klub bilan shartnomasi keyingi mavsum so'ngida o'z nihoyasiga etadi. Bu vaziyatdan "Liverpul" rahbariyati foydalanib qolmoqchi. Qishki transfer oynasi ochilganda "qizillar" darvozabonni xarid qilishga urinib ko'rishlari mumkin. Xart bu mavsumda Angliya chempionati va Chempionlar ligasida 6 o'yinda maydonga tushdi.