Liverpul yozgi transfyerdagi ilk xaridini amalga oshirdi

Khoja
28 avg 2024, 07:53
Liverpul Valensiyadan Georgi Mamardashvilini o'z safiga qo'shib oldi.

Gruziyalik darvozabon mersisaydliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi va kelasi yozdan jamoaga qo'shiladigan bo'ldi. Bu mavsumda Valensiyada o'ynashda davom etadi. Transfer qiymati 30+5 mln evroni tashkil qildi. 

23 yoshli Mamardashvili o'tgan mavsumda La Ligada 37 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com