"Liverpul" Shkrinyarga qiziqishni yo'qotmagan

Alisher
13 fev 2021, 15:18
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar hali ham "Liverpul" qiziqishlari doirasida.

Mersisaydliklar 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga yozgi transferlar oynasida harakat qilishadi. 

"Neradzurrilar" futbolchining sotuvidan 60 million evrodan kam ishlab olmoqchi emaslar.

Milan 2017 yildan beri "Inter"da o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato