"Liverpul" Rojersning iste'fosiga izoh berdi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2015, 15:18
"Liverpul" rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojersning iste'fosi borasida izoh paydo bo'ldi.

"Klub Brendan Rojersga uning mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi. Barchamiz uning qo'l ostida ko'plab yorqin onlarni boshdan kechirdik. Uni kelajakda ajoyib murabbiylik faoliyati kutib turibdi.

Bu qarorni qabul qilish juda og'ir bo'ldi, ammo murabbiy almashtirilishi jamoaga foyda berishi mumkin. "Liverpul" g'alaba qozonishi kerak. Yangi murabbiy qidirishni boshladik" - deiladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com