"Liverpul" qishda himoyachi sotib olmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
16 noya 2020, 23:43
"Liverpul" qishki transferlar oynasida faol bo'lmaslikni reja qilmoqda.

"The Athletic" xabariga ko'ra, klub hozircha biror futbolchi bilan muzokaralarni boshlamagan va himoyachi izlamayapti. Garchi Virjil van Deyk hamda Jo Gomes uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lsa-da, ularning o'rni ushbu mavsumda yosh futbolchilar bilan to'ldirilishi kutilmoqda.

"Liverpul"ning bor e'tibori yozgi transferlar oynasiga qaratilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic