"Liverpul" o'tgan yili agentlarga 43 mln. funt to'ladi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 18:03
Angliya Premer-ligasi klublarining o'tgan yili agentlarga to'lagan mablag'i miqdori ma'lum bo'ldi.

Agentlarga eng ko'p pul to'lagan klub - "Liverpul". Ular 2018 yilda futbolchilar vakillariga 43,8 mln. evro o'tkazib berishgan. Mavsumlar oralig'ida "qizillar" darvozabon Alisson, yarim himoyachilar Nabi Keyta va Shyerdan Shakirilarni xarid qilishdi.

Agentlarga to'langan pullar bo'yicha "Chelsi" ikkinchi (26,9 mln. funt), "Manchester Siti" uchinchi (24,1 mln. funt).

"Manchester Yunayted" (20,8 mln. funt) va "Everton (19,1 mln. funt) kuchli beshlikdan joy olishdi. "Arsenal" agentlarga 11,2 mln. funt, "Tottenxem" esa 11,1 mln. evro to'ladi.

APL klublari orasida agentlarga eng kam pul sarflagan klub "Kardiff Siti" bo'ldi. Ular futbolchilar vakillariga 2,8 mln. funt o'tkazib berishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent