"Liverpul" Bellingem uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
7 dek 2022, 16:22
"Real Madrid" u uchun 150 million evro bermoqchi emas.

"Liverpul" Dortmundning "Borussiya"si va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogarlar, deb xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, 19 yoshli angliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogarlardan biri "Real" "Borussiya"ga 150 million evro to'lashni istamayapti, chunki ular bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda.

"Real"ning ushbu qarori fonida "Liverpul" Bellingem uchun kurashda peshqadamga aylandi. O'tish keyingi yozda amalga oshishi mumkin. 

Bellingem joriy mavsum Dortmundning "Borussiya" klubi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qatardagi Jahon chempionatida yarim himoyachi 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca